價格:免費
更新日期:2019-01-03
檔案大小:52M
目前版本:3.0
版本需求:Android 4.1 以上版本
官方網站:https://t.me/wsmedia
Email:wsmusiqa@gmail.com
聯絡地址:隱私權政策
Rahmatjon Qurbonov Xorazm vohasining farzandi. U 1959 yil 20 sentyabrda Xorazm viloyatining Xiva shahrida tavallud topgan. O’rta maktabda o’qib yurgan kezlaridayoq: “Men katta bo’lsam, albatta, ulug’ ustozlarga o’xshagan san’atkor bo’laman. Va xalqimizning yaxshi kunlarida, to’yu tomoshalarida o’zimning san’atim bilan xizmat qilamat”, deb niyat qilib qo’ygan. Yaxshi niyat yarim davlat degan naqlga asosan, Rahmatjon Xivadagi Matyoqub Xarratov nomidagi musiqa bilim yurtida ham o’qib san’atdagi ijodining ilk davrini boshladi.Toshkentga kelib, Konservatoriyaning “Sharq” kafedrasi “Vokal hamda maqom” bo’limiga kirib o’qidi. Ulug’ ustozlar, O’zbekiston xalq artistlari Nasim Hoshimov, Halima Nosirova, Saodat Qobulovalardan ta’lim oldi va ularning sevimli shogirdlari qatoridan joy oldi. O’qishni imtiyozli diplom bilan bitirib, o’zi o’qigan dargohda bir necha shogirdlarga san’at sirlari, qo’shiq ijro etish va o’zbek maqomlarining sir-asrorlarini o’rgatish bo’yicha ta’lim bera boshladi. Shular qatorida shogirdlaridan Mashrabjon Ermatov, Erkin Ro’zimatov, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Yulduz Usmonova, Abdulhay Karimov kabi ko’plab san’atkorlar bugungi kunda xalq artisti, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar bo’lib, elimizga o’zining san’ati bilan xizmat qilib, o’z o’rniga ega, xalq ardog’idagi san’atkorlardir.
Ushbu ilovada Rahmatjon Qurbonovning:
- Ayrilmadimu
- Boro bilmadim
- Cho`pon qo`shig`i
- Dunyo bu
- Dushdumda galdim
- Ikki ayol
- Jahon ichinda
- Kam bo`lar
- Kelib ketgan
- Kunlarim
- Mohitabonim
- Nera borasiz
- Nichik
- Olma yuzli
- Omandadur
- Oshiq bo`lmisham
- Poyoni bo`lmas
- Qiyomat yaqinlashganda
- Qoshi qalamlar
- Sanamjon
- Shaydo denglar
- Xivaki & To`lqin Jabborov
nomli qo`shiqlari joy olgan.