Kitobim

價格:免費

檔案大小:57.2 MB

版本需求:需要 iOS 10.0 或以上版本。與 iPhone、iPad 及 iPod touch 相容。

支援語言:俄文, 英語, 烏茲別克文

Kitobim(圖1)-速報App

Kitobim - o‘zbek tilidagi ilk kitob o‘qiydigan dasturdir.

Dastur kitobim.uz loyihasi tarkibiga kirib, uning umumiy maqsadi o‘zbek tilida zamonaviy qurilmalar uchun elektron kitoblarni jamlash va kitobxonlarga qulay o‘qish imkoniyatini yaratishdir. Shuningdek, mualliflarga o‘z ijod namunalarini qonuniy asosda elektron tarzda taqdim etish evaziga ma’lum darajada moddiy manfaat olishlariga ko‘maklashish, kitobxonlarga sifatli, qulay va zamonaviy elektron kitoblarni arzon bahoda sotib olishlari uchun yordam berish ham bizning maslagimizdir.

Kitobim(圖2)-速報App

Qurilmamizda kitoblarni qulay o‘qish uchun quyidagi afzalliklar joriy qilingan:

- Kitoblar mualliflariga ko‘ra saralangan. Muallifni qidirib, uning kitoblaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Kitobim(圖3)-速報App

- Kitoblarni nashriyot, janr va mavzusiga ko‘ra ham qidirish mumkin.

- Majmualar ruknida siz uchun qiziqarli mavzulardagi kitoblar jamlangan.

Kitobim(圖4)-速報App

- Mutolaa uchun qulay o‘quv interfeysi yaratildi.

- Pulli kitoblarni sotib olish uchun Payme va Click xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Kitobim(圖5)-速報App

Dastur haqidagi fikr-mulohaza, takliflaringizni info@kitobim.com'ga yuboring. Sizning takliflaringiz asosida dastur yangilanuvi amalga oshiriladi.

Sizga maroqli mutolaa tilaymiz!

Kitobim(圖6)-速報App

支援平台:iPhone, iPad