價格:免費
更新日期:2018-12-10
檔案大小:51M
目前版本:1.0
版本需求:Android 4.1 以上版本
官方網站:mailto:wsmedia18@gmail.com
Email:https://telegra.ph/Privacy-Policy-12-10-3
Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich (1974-yil, 7-mayda Andijon viloyati Shahrixon tumani) — taniqli o`zbek qo`shiqchisi, O`zbekiston xalq artisti (2010) va Qoraqalpog`iston xalq artisti.
1974-yilning 7-mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug`ilgan.
2007-yilda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutini tamomlagan.
2002-yildan 2008-yilgacha „O`zbeknavo“ estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritgan. Marhum honanda Muhriddin Xoliqovning taniqli shogirdlaridan.
2006-yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro`z umumxalq bayrami va Mustaqillik tantanalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan. So`nggi yillarda horij mamlakatlari — AQSh va Rossiyada ham gastrol safarlarini uyushtirgan.
2008-2017 yillarda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ashula-raqs ansambli xonandasi
2017-yil iyul-avgust — "Yoshlar" telekanali direktori.
2017-yilning 10-avgust kuni O`zbekiston madaniyat ishlari vazirining o`rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, "Yoshlar" telekanali bosh prodyuseri vazifasida ham ishlamoqda.
Yakkaxon konsert dasturlari
2003 yil 22 iyun "Oydin kechalar".
2005 yil 15-16 aprel “Yuragimdan kuylaganim sen”.
2006 yil 12-17 aprel “Sening darding”.
2007 yil 7-14 aprel “Diydor shirin”.
2008 yil aprel “Jondan aziz”.
2008 yil 1-4 avgust “Yaprog`imiz azim chinorning”.
2009 yil 4-24 aprel “Mushtarak manzil”.
2010 yil 5-23 aprel “Qadamlar hikmati”.
2011 yil 7-aprel-2-may "Kundan kun yahshi".
2012 yil 6-20 aprel "Xush keldinggiz".
2013 yil 5-21 aprel "Taqdirimsan, baxtimsan".
2014-yil - Mening baxtim
2015-yil - Ardog`imdasiz
Mukofotlari
2007-yil xonanda „O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan.
2010 yilda elu yurtning yuksak mukofoti “O`zbekiston Xalq artisti” unvoniga sazovor bo`ldi.
2010 yil мusiqa va tele video аsarlari nominasiyasi “M&TVA 2010” taqdimotining “Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” mukofotini qo`lga kiritdi.
Ozodbek Nazarbekov shuningdek 2012 yilda "Qoraqalpog`iston Xalq artisti" unvoni bilan ham taqdirlangan.
Ushbu ilovada Ozodbek Nazarbekovning:
- Ayirma
- Ayt
- Barkamol avlod
- Bilaman yorim
- Bog`bon
- Chaqmoq chaqar
- Eslatib
- Gul
- Ishon
- Jiyda gulim
- Kelaman
- Kerakmas-jonli
- Lola
- Onam bo`lsaydi
- Qaldirg`och
- Rayhon
- Seni sevdim
- Sevarmisan
- Sho`x ellar
- Yana
- Yanyna geldim (turkmancha)
- Yig`larman
- Yorim qani nomli taronalari joy olgan.